UniClass Academy – Porloq kelajak sari ishonchli ilk qadam!
7 yoshdan boshlab bolalar va kattalar uchun O'zbekistondagi ilk innovatsion, masofaviy, Ingliz tili ta'lim markazi
7 yoshdan boshlab bolalar va kattalar uchun O'zbekistondagi ilk innovatsion, masofaviy, Ingliz tili ta'lim markazi
Hamma o’quvchilar quyidagi 3 narsaga ega bo’lishlari zarur:
Ha. Bepul sinov uchun, ro'yxatdan o'tishingiz va 2 tagacha darslarni bepul sinab ko'rishingiz mumkin.
Avval ro’yxatdan o’ting va o’z akkauntingizga ega bo’ling. Keyin, akkauntingizdan ilk bepul darslarda bilimingizni sinab ko’ring.
Har bir kursning 1-darsi doim skrining darsidir. Har bir talabaga darsdan keyin 2 kun ichida skrining natijasi yuboriladi. Shuning uchun biz sizdan avval bitta dars band qilishingizni so'raymiz. Skrining natijasi va kurs tavsiyalarini olganingizdan so'ng, keyingi darsni band qiling va o'z darajangizdagi darsni olib sinab ko’ring.
Skrining darsi - bu o’quvchining darajasini va o'quv dasturimizda qayerdan boshlashni aniqlashga yordam beradigan dars.
Uning uchun akkauntingizdan o’zingizga o’qituvchi va qulay vaqtni tanlab 1- darsingizni band qiling. Batafsil ma'lumot uchun shaxsiy akkauntingizdagi Ko’p beriladigan savollar bo’limini tekshiring.
Sistema talablariga javob beradigan istalgan qurilmada dars olishingiz mumkin. Qurilmani yaroqliligini tekshirish xaqida batafsil ma’lumot olish uchun Sistema talablari sahifasiga o‘ting.
Har bir o’quvchi dars olish uchun o'z UCA akkauntiga ega bo’lishi zarur. Ota-onalar boshqa telefon raqamidan foydalanib boshqa farzandini ham alohida ro'yxatdan o'tkazishlari kerak bo'ladi.
Yetarlicha yaxshi internet aloqasi va elektr quvvati bor har qanday chekka hududdan UCA darslarini olish mumkin.
Ayni paytda chet elda istiqomat qiluvchilarni ro'yxatga olish tizimi ishga tushmagan. Platformamiz bunga tayyor bo'lishi bilan albatta e'lon qilamiz.
UCA da dars olish uchun o’zingizga oylik plan tanlab koinlarga ega bo’lishingiz zarur bo’ladi. Birinchi to’lov qilingan kun sizning har oylik to’lov kuningiz hisoblanadi va har oy o’sha sanada to’lovni amalga oshirib muntazam koinlarga ega bo’lish, darslarni band qilib o’qish imkoniga ega bo’lasiz.
UCA da darslar qiymati koinlarda ko'rsatilgan. Shuning uchun har to’lov amalga oshirilganda akkauntingizga oylik rejaga muvofiq koinlar qo’shiladi va bu koinlarni, 1 oylik asosiy va qo’shimcha darslarni oldindan band qilish uchun ishlatasiz.
Oylik planni istalgan vaqtda akkauntingizdan oʻzgartirishingiz mumkin. Agar guruh darslarda qatnashayotgan bo'lsangiz olayotgan oylik planingiz 1 oylik olmoqchi bo'lgan darslaringizga yetarli bo'lishi lozim.
Koinlar soni qanchalik tez-tez dars olishni istashingizga bog'liq. Agar haftada 1 yoki 2 marta dars olishni yoki faqat guruh darslarini olishni istasangiz, kichikroq oylik planni tanlang. Darslarni ko’p va faqat individual tarzda olish uchun esa sizga kattaroq plan mos keladi.
Bola 6 yoshga to’lgan kundan boshlab ro’yxatdan o’tishi mumkin.
Bola onlayn darsga moslashguncha ota yoki ona ko’magi zarur bo’lishi mumkin. Darslarga esa bolalar mustaqil ravishda qatnashishlari maqsadga muvofiq va samarali bo’ladi.
Yosh bolalar uchun darslarni faqat ingliz tilida olib boriladigan uslubidan foydalanish qiyinlik qilishi mumkin. Shuning uchun avval mahalliy o'qituvchilar bilan dars olishni tavsiya qilamiz.
O’quvchi individual darslar band qilishda o'qituvchini tanlashi mumkin. Guruh dars oʻqituvchilari UCA tomonidan oldindan belgilangan bo’ladi.
O'qituvchini almashtirish sizning darajangizga tasir qilmaydi. Shuning uchun siz turli o'qituvchilar bilan darslaringizni muammosiz band qilishingiz mumkin.
To‘lov asosida o’qib yo’rgan o’quvchi UCA ni tark etish uchun keyingi to’lov sanasidan 3 kun oldin o’quvchilarni qo‘llab-quvvatlash jamoasiga murojaat qiling. Bundan tashqari, koinlaringizni darslar olish orqali sarflab tugating. Sotib olingan koinlarni pulga almashtirish imkoni mavjud emas.