Uniclass Academy - O‘zbekistondagi 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan masofaviy ingliz tili o’quv markazidir!
Markazimiz o'quv dasturi dunyoning eng ishonchli va samarali qo'llanmalaridan tuzilgan bo'lib O'zbekistonda ekskluziv hisoblanadi. Jonli olib boriladigan qiziqarli va interaktiv darslar sizga til o‘rganishning eng qulay va samarali shaklini taklif etadi. Dars jadvalingizni o'z istagingizga moslab tuzish, o'qituvchilarni tanlash va yordamchi xodimlar tomonidan doimiy ko'mak va nazoratning mavjudligi markazimizning o'ziga xos ustunligidir!
Maqsadimiz ingliz tilida nafaqat ravon, balki haqiqiy til egalaridek chiroyli va ishonch bilan so'zlashish, har qanday so'zni bexato o'qiy olish, turli mavzularda muhokamalar qilishni o'rgatishdir! Mahalliy va xalqaro tajribaga ega professional o‘qituvchilardan iborat jamoamiz sifatli va eksklyuziv ta’lim berish orqali bolalarga o‘z orzu va maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi!
Uniclass Academy – Qadriyatlarimizga amal qilgan holda, har bir bolaga yorqin kelajagini yaratish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni beradi!
![]() Shahnoza Baxromova - Ko‘p yillik xalqaro tajribaga ega pedagog. 25 yillik tajribasining 10 yildan ortig‘ini chet elda orttirgan | Aziz ota-onalar! Biz farzandingizning bilimli va yetuk insonlar bo'lib yetishishi uchun ularga sifatli ta'lim berish va keng imkoniyatlar eshiklarini ochish maqsadida bor bilim va tajribalarimizni yo'naltirdik. Chet el maktablarida eng samarali deb topilgan yuqori sifatli dasturlar va saralangan hamda puxta tayyorlovdan o'tgan o'qituvchilarimiz a'lo natijalarga olib chiqishiga ishonaman. Onlayn ta'lim - shiddat bilan rivojlanayotgan zamonning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanish va qimmatli vaqtingizdan samarali foydalanish demakdir! Shahnoza Baxromova Uniclass Academy – Qadriyatlarimizga amal qilgan holda, har bir bolaga yorqin kelajagini yaratish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni beradi! |