Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va maxfiylik siyosati
1. Umumiy holat
1.1 Mazkur shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash siyosati (keyingi o'rinlarda "Siyosat") Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi "Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida"gi OʻRQ-547-sonli Qonuni talablariga muvofiq tuzilgan boʻlib, UniClass Academy MChJ (keyingi o’rinlarda Kompaniya) tomonidan olinadigan shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash tartibini va ularning xavfsizligini taʼminlash choralarini belgilaydi.
1.2 Kompaniya onlayn ta’lim berish xizmatini amalga oshirish uchun o’z foydalanuvchilari - o’quvchilar, hamda o'qituvchilari va xodimlarining shaxsiy ma’lumotlarni oladi va qayta ishlaydi. Kompaniya shaxsiy ma'lumotlarni to'g'ri boshqarish, uning mijozlari Kompaniya xizmatlaridan foydalanishda o'zlarini xavfsiz his qilishlariga sabab ekanligini tushunadi va Kompaniya o'z faoliyati davomida unga taqdim etilgan barcha shaxsiy ma'lumotlarni muhimligi va o'ta maxfiyligini e'tirof etgan holda tegishli tarzda ularni himoya qiladi.
1.3 Ushbu Siyosat uniclass.uz sayti va Kompaniya xizmatidan foydalanish vaqtida foydalanuvchi haqida olishi mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlarga nisbatan qoʻllaniladi. Kompaniya platformasida ro’yxatdan o’tib foydalanish - foydalanuvchining ushbu Siyosatga va unda ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash shartlariga roziligini anglatadi va ushbu shartlarga rozi bo'lmagan taqdirda, foydalanuvchi Kompaniya xizmatidan foydalanishdan voz kechishi lozim.
2. Shaxsiy ma’lumot
Shaxsiy ma’lumot bu shaxsning ism-sharifi, jins, tug'ilgan sana, telefon raqam, elektron pochta manzili kabi ma’lumotlardir. Foydalanuvchi to'g'ri va eng so’nggi shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish uchun mas’uldir.
3. Kompaniya to'playdigan va saqlaydigan shaxsiy ma'lumotlarning turi quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
3.1. Foydalanuvchilarning ism-sharifi, manzili, aloqa ma'lumotlari, tug'ilgan sanasi, fotosurati va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yoki ma’lumotllar;
3.2. Foydalanuvchining o’qish to’lovlari hisoboti kabi moliyaviy ma'lumotlari;
3.3. Foydalanuvchi va xodim o’rtasida bo’lgan muloqot tarkibi yani turli ariza, shikoyatlar, savollar yoki savol javoblar matni.
4. Kompaniya tomonidan qabul qilinadigan foydalanuvchining shaxsiy ma'lumoti va undan fordalanish maqsadlari.
4.1. Online ta’lim olish maqsadida foydalanuvchi taqdim etgan ma’lumotni olishdan maqsad:
-Foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash
-Foydalanuvchining dars jadvali va o’quv dasturi kabilarni rejalashtirish va xabardor qilish kabi personallashtirilgan xizmatlar taqdim etish
-Foydalanuvchi bilan bog’lanish, ta’limi bo'yicha bildirishnomalar, savol va ma'lumotlar yuborish, hamda foydalanuvchining savol va murojatlarini qa’bul qilish
-Zarur bo’lganda foydalanuvchiga darsliklar va boshqa maxsulotlarni yashash manziliga yetkazib berish
-Foydalanuvchiga uning darsi, o’qituvchisi yoki shunga aloqador eslatma yoki bildirishnomalarni sms xabar yoki pochta orqali yetkazish
-Sistemada nosozlik paydo bo’lganda foydalanuvchini xabardor qilish
-Xizmat sifati va foydalanish qulayligini oshirish maqsadida yangi xizmatlar, materiallarni ishlab chiqish
-Kompaniya taqdim etayotgan xizmatlarga oid ma'lumotlarni tarqatish
-Xizmatdan foydalanish to’lovlarini belgilash va kechiktirilgan to'lovlarni undirish
4.2. O’qituvchi va xodimlar taqdim etgan ma’lumotlar:
-Xodimning shaxsini tasdiqlash
-Unga kompaniya shartlari, ish talablari, tayyorlov jarayonlari va hokazolar haqida ma’lumot yuborish, qo’llab quvvatlash
-Ish yuzasidan turli ma’lumot, savol va topshiriqlar bilan aloqaga chiqish
-Xodimga kompaniyaga aloqador eslatma va xabarlar jo’natish
5. Yo'riqnomani qayta ko'rib chiqish
Kompaniya (o’z saytida e’lon qilish orqali) ushbu yo’riqnomani vaqti-vaqti bilan qayta ko'rib chiqish mumkin. Qonun va qoidalar talab qiladigan hollar bundan mustasno. Foydalanuvchi o'zining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan savollar bo'yicha [email protected] elektron pochta orqali murojat qilish mumkin. Kompaniyaning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatidagi har qanday o'zgarishlar ushbu hujjatda aks ettiriladi. Siyosat yangi versiya bilan almashtirilgunga qadar muddatsiz amal qiladi.
Kuchga kirgan sana: 30 avgust, 2024 yil